Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Makron NATOning Tokiodagi vakolatxonasini ochishga qarshi

Makron NATOning Tokiodagi vakolatxonasini ochishga qarshi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yaponiyada NATO vakolatxonasi ochilishiga qarshi ekanligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans o‘z ishini Shimoliy Atlantika mintaqasi bilan cheklashi kerak. Bu haqda The Financial Times nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Makronning fikricha, Yaponiya NATO uchun ustuvor ahamiyatga ega emas.

Shuningdek, prezident Tokioda alyans vakolatxonasi ochilishi Xitoyning Yevropaga ishonchini susaytirishi mumkinligidan qo‘rqadi, deydi gazeta manbalari.

FT ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya NATO va Xitoy o‘rtasidagi keskinlikni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni istamaydi.

Qayd etilishicha, Tokioda NATO ofisining ochilishiga alyansning barcha a’zolari rozi bo‘lishlari kerak, bunday imkoniyatdan foydalanib Fransiya ushbu qarorni bloklashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, may oyida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Yaponiya bilan birgalikda Tokioda o‘z vakolatxonasini ochish masalasini muhokama qilayotganini aytgan edi. Agar bu amalga oshirilsa Yaponiya Osiyoda NATO bilan aloqa idorasini ochgan birinchi davlat bo‘ladi.

Kiritildi: 23:36 06.06.2023. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!