Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Makron Modini Ukrainadagi energetika sohasida sulhni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Makron Modini Ukrainadagi energetika sohasida sulhni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Hindiston bosh vaziri Narendra Modini Ukrainadagi energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Makronning ta’kidlashicha, to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga erishish qiyin bo‘lib qolayotgan sharoitda, fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarga nisbatan zudlik bilan va uzoq muddatli moratoriy joriy etish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish mumkin.

Modi esa javob tariqasida Hindiston G‘arbiy Osiyo va Sharqiy Yevropadagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lib qolishini bildirdi.

Kiritildi: 21:43 17.02.2026. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!