Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Makron iste’foga chiqmoqchi emas

Makron iste’foga chiqmoqchi emas

Makron iste’foga chiqmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda The Times.

"Emmanuel Makronning Fransiya prezidenti lavozimidan ste’foga chiqishiga oid talablar muxolifatdan ham, uning markazchi blokidagi ayrim safdoshlaridan ham kelib tushmoqda. Makron esa mamlakatdagi siyosiy inqiroz uchun “murosasiz partiyalar” va prezidentlikni qo‘lga kiritishga intilayotgan boshqa siyosatchilarni ayblamoqda", deya yozmoqda nashr.

Makron sodir bo‘layotgan voqealarni" 1950 yillardan beri Fransiyadagi eng chuqur siyosiy inqiroz" deb atadi.

G‘azoda tinchlik bo‘yicha sammitda ishtirok etish uchun Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida so‘zga chiqqan Makron mamlakatdagi ichki beqarorlikdan o‘zini chetga olganini bildirdi. Endi Fransiyadagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish bilan uning ittifoqchisi juma kuni qayta tayinlangan bosh vazir Sebastyen Lekornyu shug‘ullanishi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 13:32 14.10.2025. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!