Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Makron iste’foga chiqish niyati yo‘qligini aytdi

Makron iste’foga chiqish niyati yo‘qligini aytdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron yakshanba kuni yana bir bor parlament saylovi natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, iste’foga chiqish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

– Men ko‘r emasman, demokratiya inqirozini ko‘rib turibman, odamlar va mamlakatni boshqarayotganlar o‘rtasidagi tafovutni bartaraf qila olmadik, – degan u “Nouvelle Republique” nashrida e’lon qilingan uch sahifali maktubida. – Ha, boshqaruv usuli tubdan o‘zgarishi kerak.

Makron iste’foga chiqish rejasi yo‘qligini ta’kidlab, shunday qo‘shimcha qilagan:

– 2027 yil may oyigacha Prezident, respublika himoyachisi sifatida menga ishonishingiz mumkin.

Uning aytishicha, parlamentni tarqatib yuborish mamlakatning birlashishi va rivojlanishga imkon beradigan yagona chora.

Fransiyada 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa parlamentiga saylovda o‘nglarning “Milliy birlashuv” partiyasi 31,36 foiz ovoz to‘plab, Makron tarafdorlari koalisiyasidan ikki hissa o‘zib ketdi. Keyinroq yetakchi quyi palata tarqatib yuborilishi va muddatidan oldin parlament saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi. Saylov ikki turda – 30 iyun va 7 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:45 24.06.2024. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!