Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Eron prezidenti Masud Pezeshkianga Isroilning Islom Respublikasiga hujum qilish rejalari haqida bilmasligini aytdi.
"Fransiya Isroilning Eronga hujum qilish rejalari haqida bilmagan va bunda ishtirok etmagan. Umid qilamanki, sodir bo‘lgan voqea hamkorlik va ikki tomonlama munosabatlarga zarar keltirmaydi", - deya Makronning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Eron prezidenti matbuot xizmati.
Avvalroq Mehr agentligi Tehron AQSH, Fransiya va Britaniyaga Isroil Eron hujumlarini qo‘llab-quvvatlasa, o‘z bazalariga hujum qilishga tayyorligini aytgani haqida xabar bergan edi.