Bahrayn axborot agentligi xabar berishicha, Makka shahri va muqaddas qadamjolar bo‘yicha Podshohlik komissiyasi rahbarligi va ko‘magida tashkil etilgan bu maskan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanib barpo etilgan.
Majmuaga tashrif buyuruvchilar noyob qo‘lyozmalar to‘plami, Qur’onning tarixiy nusxalari, shuningdek ushbu muqaddas kitob asrlar davomida saqlanib qolishi jarayoni aks etgan inter faol ko‘rgazmani tomosha qilishlari mumkin.