Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Makgregorning do‘sti Xabibni Konordan qo‘rqishda aybladi

Makgregorning do‘sti Xabibni Konordan qo‘rqishda aybladi

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning do‘sti amerikalik jangchi Dillon Denis rossiyalik jangchi, yengil vazn toifasida chempionlik kamari sohibi Xabib Nurmagomedovning karyerasini tugatish to‘g‘risidagi qaroriga tanqidiy munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, UFC 254 musobaqasida Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getjini ikkinchi raunddayoq mag‘lubiyatga uchratdi va uchinchi marta o‘z unvonini himoya qildi. Jangdan keyin rossiyalik sportdan ketishini e’lon qildi.

"Xabib Makgregordan qo‘rqgani uchun ketdi", - deb yozgan Denis o‘zining tvitterida.

Biroq keyinchalik xabar o‘chirilgan.

Kiritildi: 22:12 25.10.2020. O'qildi: 3282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!