Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Makgregor ringda oxirigacha turishga ham yaramadi

A A A
Makgregor ringda oxirigacha turishga ham yaramadi

Konor Makgrekor va Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jang janjalsiz tugamasligi turgan gap edi.

Habib raqibini mag‘lub etganidan keyin Konorga “Katta ketma degandim-ku senga, boring shumidi?” degandek baqirdi. Bu esa Konorning muxlislariga yoqmadi, umuman ular mag‘lubiyatni hazm qila olishmadi. Oqibatda ringda janjal ko‘tarildi. O‘z navbatida irlandiyalik jangchining qiliqlariga chiday olmagan Habib tomondagilar ham tinch turishmadi. Oqibatda Makgregorning ringdan barvaqt olib chiqib ketishga to‘g‘ri keldi. Keyin esa Habib jang maydonini tark etdi, shunda ham mag‘lub sportchining muxlislari g‘olib sportchini haqorat qilishdan o‘zlarini tiyib tura olishmadi, hatto ulardan biri Habibni tashqarida o‘zaro mushtlashishga ham taklif etdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Nurmagomedov bu jangda taktik g‘alabaga erishdi. Ochiq jangdan ko‘ra taktikani ustun ko‘rgan habib raqibini boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi.

Jang oxiriga Nurmagomedov g‘olib sifatida e’lon qilindi.

Kiritildi: 10:39 07.10.2018. O'qildi: 2632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik