UFC’ning sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor Moskvada rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovga qarshi revansh jang o‘tkazmoqchi. Bu haqda sportchi “Tvitter”ida yozib qoldirgan.
“Menga Moskvada revansh tashkillashtiring”, deb yozgan Makgregor Nurmagomedovning amerikalik jangchi Dastin Porye ustidan g‘alabasidan keyinoq.
Biroq irlandiyalik ushbu postiga aksar foydalanuvchilar mazaxomuz izohlar qoldirgan. Shuningdek ko‘plab foydalanuvchilar uning rossiyalikka qarshi oktagonda munosib qarshilik ko‘rsata olishiga shubha bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov Makgregorga qarshi jangda raqibini 4-raundda mag‘lub etgandi.