YouTube foydalanuvchisi Makdonalds restoranida tekin tushlik qilish yo‘li bilan ulashdi. Videorolik Hamburglar Bourne kanaliga joylangan.
Lavhada yigit avtomatga keladi va elektron buyurtmaga 1 dollarlik 10 ta gamburger buyuradi. Keyin u hamma burgerlardagi go‘shtni bekor qiladi va qo‘shimcha 11 chi gamburgerning go‘shtlisiga byurtma beradi.
Go‘shtsiz funksiyasida bitta mahsulotni olib tashlash orqali mijoz bamburgerning narxini 1.1 dollarga arzonlashtiradi. Demak, hisoblab ko‘rilsa, 10 ta gamburgerning narxi to‘liq qoplandi va kamiga yo‘q pulning qaytimi uchun 11 chi gamburger ham to‘landi.
Rolik oxirida ekranda to‘lovga hojat yo‘qligi haqida xabar paydo bo‘ladi. Avtomat buyurtma raqami bilan nol dollarlik chek chiqarib beradi.