Bu harakat Abbos rejimining Jeninga hujumi paytida Al-Jazira "nifoq urug‘ini sepmoqda va ichki nizolarni qo‘zg‘atmoqda" degan ayblovlar fonida amalga oshirildi.
Taqiq Jenin, Tubas, Nablus, Tulkarm, Qalqilya va Salfit kabi bir qancha hududlarga tegishli. Qaror Abbos rejimining isroil tarafdori bo‘lgan kuchlari va Falastin qarshiliklari o‘rtasida zo‘ravonliklar kuchaygan hamda bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan bir paytda qabul qilingan.