Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Mahallalardagi hokim yordamchilarining oylik ish haqi belgilandi

Mahallalardagi hokim yordamchilarining oylik ish haqi belgilandi

Prezident imzolagan qarorga muvofiq mahallalardagi hokim yordamchilarining ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi.

✅ Masalan:
➖ xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida (4 mln 932 ming so‘m);
➖ xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada - 6,5 baravari miqdorida (5 mln 343 ming so‘m);
➖ xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada - 7 baravari miqdorida (5 mln 754 ming so‘m) bo‘ladi.

❗️Hokim yordamchilariga to‘lanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda yetishmagan qismi Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensasiya qilib boriladi.

Kiritildi: 15:01 04.12.2021. O'qildi: 3708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!