Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Magnus Karlsen Samarqandga kelmaydigan bo‘ldi

Magnus Karlsen Samarqandga kelmaydigan bo‘ldi

Magnus Karlsen va bir qator yulduzlar Samarqanddagi Olimpiadani o‘tkazib yuboradi!

Dunyoning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen Norvegiya terma jamoasi safida musobaqada qatnashmasligini rasman ma’lum qildi. Shuningdek, u bilan birga bahorda qaydnomaga kiritilgan Aryan Tari va Jon Ludvig Hammer ham ishtirok etishdan bosh tortishgan. Uch nafar yetakchi shaxmatchisiz qolgan Norvegiya terma jamoasi start jadvalida 21-o‘ringa tushib ketdi.

Boshqa terma jamoalardagi asosiy yo‘qotishlar:

Fransiya: Alireza Firouzja
AQSH: Hikaru Nakamura, Leniyer Dominges
Eron: Parham Maghsudlu, Puya Idani
Ozarbayjon: Teymur Rajabov
Angliya: Devid Houyell
Polsha: Radoslav Voytashek
Ruminiya: Kirill Shevchenko

Kiritildi: 10:47 07.08.2026. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!