Erda ikki oy ichida sodir bo‘lgan eng kuchli magnit bo‘roni nihoyasiga yetdi. U 30 soatdan ortiq davom etgani aniqlandi.
Lekin Quyosh shamolining tezligi 50 foiz yuqoriligicha qolmoqda. Shu sababli haroratning o‘zgarishi xavfi keyingi haftaning o‘rtalariga qadar saqlanib qoladi.
"Magnit bo‘roni G2.0 darajasida cho‘qqisiga chiqdi, bu joriy yilning 13-14 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan shunga o‘xshash hodisadan keyingi eng kuchli qiymat edi", deb xulosa qilishdi tadqiqotchilar.