Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Magistraturadagi ayrim talabalarga ta’lim krediti berilmaydi

Magistraturadagi ayrim talabalarga ta’lim krediti berilmaydi

Endilikda davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga kirgan talabalarga ta’lim krediti berilmaydi. Bu haqda, 2025 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni hamda davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning to‘lov-kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kiritildi: 11:38 06.01.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!