Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

MAGATEda Eron yadro qurolini yaratishga uringani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q — Vladimir Putin

MAGATEda Eron yadro qurolini yaratishga uringani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q — Vladimir Putin


"Moskva ham Tehronning bunday niyati borligiga dalil yo‘qligi haqida Isroilni bir necha bor ogohlantirgan. Agar Isroilning biror xavotiri bo‘lsa, u muzokaralar orqali hal etilishi zarur", — dedi Rossiya prezidenti Sky News Arabia telekanaliga bergan intervyusida.

Putin, shuningdek, Moskva yadro qurollarining tarqalishiga, jumladan, Eronning bunday qurolga ega bo‘lishiga qat’iy qarshi ekanini ta’kidladi. Biroq, uning qayd etishicha, Tehron yadro texnologiyalarini tinch maqsadlarda ishlatishga haqli.

"Rossiya Eronning atom energetikasidan tinch maqsadoarda foydalanish loyihalarini rivojlantirishiga ko‘mak berishga tayyor", — deya qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.

Kiritildi: 12:25 21.06.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!