Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

MAGATE: Zaporojye yadroviy sovutish minorasini buzish kerak

A A A
MAGATE: Zaporojye yadroviy sovutish minorasini buzish kerak

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Ukrainadagi Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan Zaporojye atom elektr stansiyasiga tashrifidan so‘ng, stansiyaning sovutish minoralaridan biri buzilishini talab qilishini ma’lum qildi.

Evropadagi eng yirik atom energetika zavodi Zaporojyeda Rossiya bosqinining boshidan buyon qattiq janglar davom etib kelmoqda va bu yadroviy falokatdan qo‘rqishga sabab bo‘ldi.

So‘z yuritilayotgan sovutish minorasi yaqinda yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan. Ukraina yong‘in uchun Rossiyani ayblasa, Moskva buni Ukraina uchuvchisiz samolyoti hujumi bilan bog‘liqligini ta’kidlamoqda.

«Bu katta inshoot kelajakda foydalanishga yaroqsiz, shuning uchun u qachondir buzib tashlanadi», dedi MAGATE direktori Rafael Grossi AESga tashrifi chog‘ida.

Kiritildi: 18:00 06.09.2024. O'qildi: 1255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!