Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Mariano Grossi Eronning yadroviy dasturini harbiy yo‘l bilan to‘xtatib bo‘lmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muammo siyosiy yechim talab qiladi va xalqaro kelishuv hamda nazorat tizimini o‘z ichiga olishi kerak.
CBS telekanalidagi «Face the Nation» dasturida bergan intervyusida Grossi Erondagi yadroviy ob’ektlar AQSh va Isroil tomonidan qilingan hujumlar oqibatida jiddiy shikastlanganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, zarar ko‘lami faqat Eron mutaxassislari tomonidan tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Grossi MAGATE ehtimoliy yadroviy kelishuvda ishtirok etishi kerakligini qayd etdi. Bu uchun Erondagi yadroviy ob’ektlarga inspektorlar qayta kiritilishi zarur.
Eron Konstitusiyasi Qo‘riqchilari Kengashi tomonidan agentlik bilan hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risida qabul qilingan qonunga munosabat bildirar ekan, Grossi uning kuchga kirmasligiga umid bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Eron Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning ishtirokchisi sifatida MAGATE bilan hamkorlikni davom ettirishi shart.
Inspektorlar faoliyati to‘silibdimi, degan savolga Grossi: «Bu ma’noda — yo‘q. Men vaziyatni ehtiyotkorlik va xavotir bilan kuzatyapman. Bu ularning qonuni va parlamenti, ammo buning xalqaro huquq nuqtai nazaridan oqibatlari bor. Ichki qonunlar xalqaro huquqni bekor qilmaydi. Hozircha Eron buni qilmayapti — bu ijobiy jihat. Shuning uchun hamkorlikni chuqurlashtirish kerak», — dedi.
12 kun oldin 400 kg boyitilgan uran ko‘chirilgani haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, u: «Maxsus ma’lumotimiz yo‘q. Balki u yerda bo‘lgan, balki qisman yo‘q qilingan yoki ko‘chirilgan. Bu borada Tehron tushuntirish berishi kerak», — dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, izohsizlik jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. U Eronni inspektorlar faoliyatini tiklashga chaqirdi.
Ixtilof quroli bormi, degan savolga Grossi: «Men xavotir uyg‘otmoqchi emasman, lekin vaziyatni aniqlash imkoni bo‘lishi kerak», — deb javob berdi.
Uning ta’kidlashicha, Eronda sanoat quvvatlari va yetarli bilimlar mavjud — bu bilimlar yo‘q qilinishi mumkin emas.
«Bu masala harbiy usulda hal bo‘lmaydi. Haqiqiy nazorat tizimini yaratish, mintaqada va dunyoda ishonchni ta’minlash zarur. Faqat shunda bu bo‘limni yopish mumkin», — dedi Grossi.
SRU ob’ektlarni qayta tiklash uchun yillar kerak, degan bayonotga izoh berib, u: «Eronda imkoniyat bor. Ular yangi sentrifugalarni ishga tushirib, bir necha oy ichida, balki undan ham tezroq uran boyitishni boshlashi mumkin. Ammo hozir aniq so‘z aytish mushkul — nima yo‘q qilindi va nima qoldi, buni bilmaymiz», — dedi.