Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Maduro: "Amerika meni o‘ldirmoqchi bo‘ldi!"

A A A
Maduro: "Amerika meni o‘ldirmoqchi bo‘ldi!"

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining Venesuelada bo‘layotgan voqealarga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi va Vashingtonni uni o‘ldirishga urinishda ayblagan venesuelalik hamkasbi Nikolas Maduroning bayonotiga munosabat bildirdi.

"Hukumatimizning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Hammasiga oydinlik kiritamiz!", dedi Tramp jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida.

Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro respublikaga bostirib kirishga urinish paytida hibsga olinganlar orasida AQShning ikki fuqarosi borligini aytgan, ehtimoliy qarashlar bilan ularning Trampning shaxsiy qo‘riqchisi bo‘lishlari mumkinligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, jami to‘qnashuv paytida sakkiz kishi halok bo‘lgan, qolgan ikki kishi asirga olingan. Qayd etilishicha, hujumchilar Nikolas Maduro hukumati rahbarlarini o‘ldirishni rejalashtirishgan.

Kiritildi: 09:49 06.05.2020. O'qildi: 3464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik