Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Madaniyat vazirligi “Mendirman Jaloliddin” seriali borasida izoh berdi

Madaniyat vazirligi “Mendirman Jaloliddin” seriali borasida izoh berdi

Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, vazirlik buyurtmasi asosida tarixiy qahramon Jaloliddin Manguberdi hayoti haqida Turkiya kinoijodkorlari bilan hamkorlikda serial suratga olinmoqda va bir guruh o‘zbekistonlik ijodkorlar bugungi kunda Istanbulda serial uchun maxsus qurilgan pavilyonlarda ish bilan band. 

O‘zbekiston tomonidan “Best organiser” MCHJ va Turkiyaning “Bozdag‘film” kinokompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan mazkur “Mendirman Jaloliddin” seriali “Orient Finans Bank” tijorat banki homiyligi asosida suratga olinmoqda va hozirgi paytga kelib serialning dastlabki qismlari tasvirga olinib, montaj ishlari nihoyasiga yetkazilyapti. 

Hamkorlikdagi mazkur loyiha ishi uchun har ikki tomondan mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining to‘liq nazorati ostida amalga oshrilimoqda. Tasvirga olish ishlari haqidagi batafsil ma’lumotlar tez orada omma e’tiboriga havola etiladi. 

Kiritildi: 16:37 05.08.2020. O'qildi: 3641 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!