Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

“Lukoyl” xorijiy aktivlarini Amerikaning Carlyle kompaniyasiga sotadi

“Lukoyl” xorijiy aktivlarini Amerikaning Carlyle kompaniyasiga sotadi

Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi o‘zining xorijiy aktivlarini amerikalik investisiya kompaniyasi Carlyle'ga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Bitimga Qozog‘istondagi aktivlar kiritilmagan.

Endi kelishuvni regulyatorlar, jumladan AQSh Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi tasdiqlashi kerak.

Noyabr oyida AQShning kompaniyaga nisbatan sanksiyalari e’lon qilinganidan so‘ng “Lukoyl” xorijiy aktivlariga xaridor qidirishni boshlagandi. Dastlab, bu aktivlarni Gunvor sotib olishi mumkin edi, biroq Shveysariyadagi neft treyderi arizasini qaytarib oldi.

Bu qaror o‘tgan yili 6 noyabr kuni AQSh Moliya vazirligi bayonotidan keyin qabul qilindi.

“Putin Ukrainada bu ma’nosiz qotilliklarni davom ettirar ekan, Kremlning qurolboz marionetkasi Gunvor hech qachon ishlash va foyda olish lisenziyasini olmaydi”, — degan edi vazir.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!