Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina bilan chegarada Gomel va Mozir taktik yo‘nalishlarida qo‘shin guruhlarini kuchaytirishni buyurdi. Bu haqda mamlakat respublika mudofaa vaziri Viktor Xrenin ma’lum qildi.
“Qurolli Kuchlar Bosh qo‘mondoni Gomel va Mozir taktik yo‘nalishlarida qo‘shinlar guruhlanishini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi”, — deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BelTA agentligi.
Xrenin Maxsus operasiyalar kuchlari, quruqlikdagi qo‘shinlar va raketa qo‘shinlarining harbiy bo‘linmalari, jumladan, “Polonez” raketa tizimlari va “Iskandar” [raketa] tizimlari belgilangan hududlarga marshlar o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar olganini ma’lum qildi.
“Zenit-raketa qo‘shinlari, radiotexnika qo‘shinlari va aviasiya kuchlari va vositalari ham shakllantirilgan”, - deydi Belarus harbiy boshqarmasi boshlig‘i.
Xreninning ta’kidlashicha, qo‘shinlar guruhlarini kuchaytirish to‘g‘risidagi qaror «Ukrainadagi, shuningdek, Rossiyaning Kursk viloyatidagi vaziyatni hisobga olgan holda» qabul qilingan.