Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yozgi mavsumda (oktyabr oyigacha) 20 000 ta qisqa masofali reyslarni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.
Ushbu qarorning asosiy sababi — Erondagi mojarolar tufayli aviasiya yoqilg‘isi narxining ikki baravar qimmatlashidir. Mazkur chora orqali aviakompaniya 40 000 tonnadan ortiq yoqilg‘ini tejab qolishni ko‘zlamoqda.
Reyslarning bekor qilinishi kompaniyaning barcha oltita asosiy xabiga (aviasiya tugunlariga) ta’sir ko‘rsatadi:
Frankfurt va Myunxen (Germaniya)
Syurix (Shveysariya)
Vena (Avstriya)
Bryussel (Belgiya)
Rim (Italiya)