Los-Anjelesga norozilik namoyishlari bilan to‘lib-toshgan Milliy gvardiya qo‘shinlarining kiritilishi AQSh hukumatiga 130 million dollardan ko‘proq zarar keltiradi.
Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
"Qo‘shinlarni joylashtirish xarajatlarining joriy hisob-kitoblariga ko‘ra, 134 million dollar belgilangan. Bular asosan logistika, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari", deb tushuntirdi Pentagon kotibining maxsus yordamchisi Brin Ullakott Makdonnell.
Bugun erta tongda davom etayotgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar sababli Los-Anjeles shahar markazida komendantlik soati joriy etilayotgani xabar qilingandi.
6 iyun kuni Los-Anjelesda noqonuniy muhojirlarni ommaviy hibsga olish boshlandi; 7 iyun kechki paytgacha kamida 44 kishi immigrasiya qonunchiligini buzganlikda ayblanib, hibsda edi. Huquq-tartibot idoralarining harakatlariga javoban shaharda namoyishlar boshlanib, tartibsizliklarga aylangan. AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomni chetlab o‘tib, tartibsizliklarni bostirish uchun Milliy gvardiyani Los-Anjelesga jo‘natishni buyurdi. Shundan so‘ng Nevsom Tramp va Pentagon rahbari Pit Xegsetga qarshi sudga murojaat qildi. Gubernator Milliy gvardiyani Los-Anjelesga yuborish qarorini noqonuniy deb e’lon qilishni so‘ramoqda.