Gap Paliseyds va Iton hududlari haqida ketyapti.
Okrug o‘n minglab aholini majburiy ko‘chirish to‘g‘risidagi buyruqni kutib turibdi. Tuman yong‘in xavfsizligi boshlig‘i resurslar bir yoki ikki yirik yong‘inni o‘chirish uchun mo‘ljallanganini tan oldi. Vaziyatni murakkablashtirayotgan kuchli shamol aviasiya amaliyotini vaqtincha to‘xtatdi. Paliseydsda o‘t o‘chirish moslamalari ishlamay qoldi.
Hozirgi ofat Los-Anjeles tarixidagi eng halokatli yong‘in sifatida baholanyapti. Yana bir yirik fojia – Iton yong‘ini Altadena hududidagi 10 ming gektardan ortiq maydonni kulga aylantirdi. Ayni payt 13 mingga yaqin bino xavfsizligi tahdid ostida qolgan.
Amerikaning "JPMorgan Chase" banki "Financial Times" orqali mijozlarga yo‘llagan maktubida Kaliforniyada davom etayotgan yong‘indan ko‘rilgan zarar qariyb 50 milliard dollarga yetishini taxmin qildi.