AQSh mudofaa vaziri Pit Xegsetning aytishicha, namoyishchilar federal organlar xodimlariga tahdid sola boshlagan. Shu bois, hukumat xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha kuchlarni jalb etmoqda.
"Biz federal huquq-tartibot organlari xodimlarini himoya qilishga majburmiz, hatto Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bunga yetarlicha e’tibor bermasa ham", — dedi vazir ijtimoiy tarmoqdagi murojaatida.
RIA Novosti muxbiriga ko‘ra, norozilik namoyishlari kuchayishi fonida polisiya namoyishchilarga nisbatan yorug‘lik-shovqin granatalarini qo‘llagan.