Shvesiyalik faol Greta Tunberg Buyuk Britaniyada taqiqlangan Palestine Action guruhi a’zolarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan namoyishda London markazida hibsga olindi. Bu haqda 23 dekabr kuni Sky News xabar berdi.
Namoyish Fencherch-strit ko‘chasidagi Aspen Insurance binosi oldida bo‘lib o‘tdi. Kompaniya Isroilning Elbit Systems mudofaa firmasiga xizmat ko‘rsatgani uchun nishonga olingan, deya xabar beradi agentlik. Erta tongda ikki faol bino fasadini qizil bo‘yoq bilan surtib, devorga bir necha marta bolg‘a bilan urgan. Keyin ular kirish eshigi yaqinidagi devorga o‘zlarini lenta bilan yopishtirishdi. Ular polisiya tomonidan qo‘lga olingan.
Tunberg keyinroq namoyishga qo‘shildi va "Men Falastin harakati asirlarini qo‘llab-quvvatlayman. Men genosidga qarshiman" degan yozuv ko‘tardi. U hibsga olingan, chunki tashkilot Buyuk Britaniyada taqiqlangan deb hisoblanadi va uni qo‘llab-quvvatlovchi belgi ko‘rsatish terrorizm to‘g‘risidagi qonunni buzadi.
Avvalroq, 13 dekabr kuni Helsingin Sanomat gazetasi Finlyandiyada shved ekologi Greta Tunbergga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida xabar bergan edi.