Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Londonda avtomobil odamlarni urib ketdi

A A A
Londonda avtomobil odamlarni urib ketdi

Londonda avtomobil piyodalar yo‘lakchasiga o‘tib ketgani natijasida yetti kishi jiddiy jarohat oldi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, mashina Xakni sharqiy tumanidagi avtobus bekatida olomonni urib yuborgan va avtobus bekatini sindirib tashlagan. Polisiya bu hodisani terrorizm bilan bog‘lamadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan.

Polisiya, favqulodda xizmatlar va tez yordam mashinalari voqea joyiga yetib borishgan. Tafsilotlarga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 17:55 11.12.2020. O'qildi: 3010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik