Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning vakili London tomonidan Kiyevga yadro quroli yetkazib berilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
«Bunda hech qanday haqiqat yo‘q», — deb bayonot berdi u Sky News telekanaliga.
TASS agentligining diplomatik manbalarga tayanib xabar berishicha, London shu bilan birga Ukrainada «adolatli va barqaror tinchlikka» erishish yo‘lida yordam berishni davom ettiradi.