London markazida noma’lum erkak mashinani tungi klubga kiraverishda olomon ustiga haydadi, deb xabar berdi shahar polisiyasi matbuot xizmati.
Natijada to‘rt nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir. Haydovchi 31 yoshli erkak qotillikka urinishda gumonlanib hibsga olingan.
Polisiya hodisaning terrorizmga aloqasi yo‘qligini qayd etdi.
Hodisa bugun, 25 dekabrga o‘tar kechasi Shaftesberi avenyusida sodir bo‘lgan. Mashina qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan edi, shundan so‘ng u kutilmaganda piyodalar yo‘lagidagi olomon ustiga haydalgan.
Polisiyaning taxminicha, qo‘lga olingan erkak avval tungi klubda janjalda qatnashgan. Departament hodisaning barcha holatlari bo‘yicha tekshiruv boshladi.
Avvalroq shunga o‘xshash hodisa Germaniyada sodir bo‘lgandi.