Sampi shifoxonasi yaqinida joylashgan “LOGO BILIM“ maskanida nogironligi bor bolalarni urib o‘rgatishayotgan ekan mazmunidagi xabarlar yuzasidan Bolalar ombudsmani axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.
Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan «Logo bilim» ta’lim markazida, pedagog 2019 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi M.B ni urgan holda olib borayotgan mashg‘uloti yuzasidan Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi X.D.ning murojaati kelib tushdi.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va u yuzasidan tuman IIB tomonidan bugun 5 dekabr kuni tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi.
O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bolaga nisbatan bunday pedagogika zid harakatlarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis hozirda ishdan bo‘shatilgan bo‘lib, uning harakatlariga huquqiy baho berish jarayonni bormoqda.
Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan bunday nomaqbul muomalada bo‘lish holatlari Bolalar ombudsmani nazoratida va ular yuzasidan qonuniy tartibda chora ko‘rish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda tizimli ravishda ish olib borilmoqda.