AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin B-52H strategik bombardimonchi samolyotlari va bir nechta harbiy kemalarni Yaqin Sharqqa jo‘natishni buyurdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchisi va unga hamrohlik qiluvchi uchta kemaning mintaqani tark etishi rejalashtirilgani sabab bo‘lgan.
Isroil G‘azoda urush boshlaganidan buyon birinchi marta hududda Qo‘shma Shtatlar aviatashuvchisi bo‘lmasligi mumkin. Bunday holat vaqtinchalik bo‘lib, hozirda Shimoliy dengizda bo‘lgan USS Harry S.Truman aviatashuvchisi tez orada O‘rta yer dengiziga yetib kelishi kutilmoqda.