Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

2024 yil boshidan buyon Liviyada 16 kishi, jumladan, bolalar minalar va portlamagan o‘q-dorilar qurboni bo‘ldi, dedi BMTning Liviyadagi minalarga qarshi xizmati direktori Fotima Zurik.

Zurik Liviyada 444 million kvadrat metrdan ortiq maydonni minalar va portlamagan o‘q-dorilardan tozalash zarurligini va bu jarayon 15 yilga cho‘zilishi mumkinligini ta’kidladi.

2011 yildan buyon, Muammar Qaddofiy rejimi qulaganidan so‘ng, turli qurolli guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar va janglar natijasida Liviyaning keng hududlari minalar va portlamagan o‘q-dorilar bilan to‘lib ketgan.

Ushbu minalar va o‘q-dorilarning vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan portlashlari tinch aholining o‘limiga olib kelyapti.

Kiritildi: 17:32 06.11.2024. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!