Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Liviya: Xalifa Haftar Tripoli markazi tomon yaqinlashmoqda

Liviya: Xalifa Haftar Tripoli markazi tomon yaqinlashmoqda

Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi Tripolining janubiy qismiga faol hujumni boshladi va poytaxt markazi tomon yaqinlashmoqda. Faiz Saraj boshchiligidagi milliy totuvlik hukumati kuchlari esa unga qarshilik ko‘rsatyapti.

Yevronyus xabarida aytilishicha, dushanba kuni hujumchilar Yarmuk harbiy lagerini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Tripoli yaqinidagi Misurata shahrida yuzlab odamlar ko‘chalarga chiqib, Haftar armiyasining hujumlarini qoralagan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, uch haftalik to‘qnashuvlarda qariyb 2 ming kishi jabrlangan. Poytaxt Tripoli atrofida 40 mingdan ziyod kishi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Liviya milliy armiyasi Tripolini terrorchilardan ozod qilmoqchi. Tripolidagi hukumat esa poytaxtni Haftarga topshirmoqchi emas.

Ayni payt Liviyada ikkita hukumat faoliyat ko‘rsatyapti: Tripolida Faiz Saraj boshchiligidagi hukumat va mamlakat sharqida Xalifa Haftar qo‘llab-quvvatlayotgan, Abdulloh Abdurahmon Taniy boshchiligidagi muvaqqat vazirlar mahkamasi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 23:15 30.04.2019. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!