Liverpulda o‘z jamoasining Premer-ligadagi chempionligini nishonlayotgan olomonni mashina bosib ketdi.
Haydovchi mashinasini tor ko‘chada to‘plangan odamlar ustiga haydadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida besh kishi jarohat olgan.
Avtomobil haydovchisi polisiya tomonidan qo‘lga olingan, uning harakati sabablari o‘rganilmoqda.
Hodisaning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida terrorchilik hujumi varianti ko‘rib chiqilmoqda.