Takefusa Kubo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi kutilmoqda.
Yaponiyaning eng yirik Sports Nippon nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli yaponiyalik yarimhimoyachi 65 million yevro evaziga «Real Sosiyedad»dan «Liverpul»ga o‘tmoqda. Kuboning yillik maoshi 15 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, yaponiyalik yana bir o‘yinchi Vataru Endo ham mersisaydliklar sharafini himoya qilmoqda.
Kubo o‘tgan mavsum La Ligada 30 o‘yinda 7ta gol va 4ta assist qayd etgan.