Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

"Liverpul"ning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Liverpul"ning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard klub tarixidagi XXI asrdagi eng yaxshi futbolchi sifatida tan olindi.

Goal tomonidan tuzilgan reytingda aytilishicha, "o‘sha paytda juda o‘rtamiyona bo‘lgan "Liverpul" Jerrardsiz 2005 yilgi Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lmasdi".

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasida misrlik Muhammad Saloh, uchinchi o‘rinda urugvaylik Luis Suares joylashgan.

Jerrard "Liverpul"ning sobiq sardori. Yarim himoyachi 1998 yildan 2015 yilgacha mersisaydliklar safida o‘ynagan. Yarim himoyachi jamoada 504 ta o‘yin o‘tkazgan va 2004/2005 yilgi mavsumda "qizillar" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: Bugun 09:55. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!