Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Liverpul» Angliya chempionatidagi 7000-golini urdi. «Qizillar» bu borada faqat bir jamoadan ortda bormoqda

«Liverpul» Angliya chempionatidagi 7000-golini urdi. «Qizillar» bu borada faqat bir jamoadan ortda bormoqda

«Liverpul» Premyer Liga 26-turi doirasida kechgan 28 fevral kungi o‘yinda «Sheffild Yunayted»ni mag‘lub etdi (2:0).

Mazkur o‘yinda Roberto Firminoning zarbasidan keyin to‘p raqib himoyachisi Kin Brayan tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi.

Bu «qizillar»ning Angliya oliy divizioni tarixidagi 7000-goli bo‘ldi.

«Liverpul» Angliyada bu natijaga erishgan ikkinchi klub bo‘ldi. Bu borada yetakchi «Everton» (7108 ta gol) hisoblanadi.

«Liverpul» 26-turdan keyin 43 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 12:31 01.03.2021. O'qildi: 2299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!