Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Livandagi qurbonlar soni 558 nafarga yetdi

Livandagi qurbonlar soni 558 nafarga yetdi

Livan hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, dushanbadan buyon Isroil havo hujumlari oqibatida kamida 558 kishi, jumladan, 50 bola va 94 ayol halok bo‘lgan, 1800 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu kun Livanda 1975-1990 yillardagi fuqarolar urushi tugaganidan beri eng qonli kun bo‘ldi, deb yozadi VVS.

Isroil rasmiylari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan va Isroil shimoliga muntazam hujum qilib kelayotgan Livanlfub “Hizbulloh” guruhining infratuzilmasi va jangarilarini nishonga olganini aytmoqda.

Seshanba kuni ertalab Hizbulloh Isroilga o‘nlab raketalarni uchirdi. Ularning aksariyati mudofaa tomonidan havoda portlatilgan, biroq ba’zi binolar zarar ko‘rgan, dedi Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL).

Isroil armiyasi dushanba kuni Livanga 1600 dan ortiq zarba berganini ma’lum qildi. Hujumlar asosan janubda amalga oshirilgan, biroq ularning bir qismi mamlakatning sharqiy va shimoli-sharqiy hududlarida sodir etilgan.

Isroil faqat Hizbulloh nishonlariga zarba berganini aytadi, biroq Livan hukumati nishonlarning aksariyati turar-joy infratuzilmasi bo‘lganini ma’lum qildi.

Seshanba kuni Hizbulloh va Isroil o‘rtasidagi zarbalar almashinuvi davom etdi.

Ayrim xalqaro aviakompaniyalar yo‘lovchilar xavfsizligi sababli Bayrutga parvozlarni to‘xtatdi. Keyinroq mintaqada vaziyat keskinlashgani sababli Tel-Avivga ba’zi reyslar bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 22:45 24.09.2024. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!