Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Livan yangi G‘azoga aylanmasligi kerak” — Antoniu Guterrish

“Livan yangi G‘azoga aylanmasligi kerak” —  Antoniu Guterrish

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Livan va Isroil o‘rtasidagi chegaradagi taranglik xavfli darajaga yetib, mintaqaviy inqirozga tahdid solayotgani haqida ogohlantirdi.

“Ochig‘ini aytaylik: mintaqa aholisi, butun dunyo Livanning yangi G‘azoga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi”, — deb ta’kidladi Guterrish.

U xalqaro hamjamiyat aniq tushuncha berishi zarurligini ta’kidladi: Isroil-Livan chegarasidagi muammoni harbiy yo‘l bilan hal qilishning iloji yo‘q, keskinlikni yumshatish zarur.

HAMASning Isroilga hujumi va G‘azo sektorida Isroil harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng Livanda joylashgan Hizbulloh jangchilari va Isroil harbiylari chegarada bir-birlarining pozisiyalarini o‘qqa tutmoqda.

Avvalroq Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Tani Madridga tashrifi chog‘ida G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish orqali mintaqaning boshqa hududlarida vaziyat yomonlashuvining oldini olsih mumkinligini aytdi.

Shu bilan birga, u vositachilar G‘azoda sulh tuzishga urinishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erisha olganini ta’kidladi.

Kiritildi: 21:56 22.06.2024. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!