Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Livan parlamenti yangi prezidentni sayladi

Livan parlamenti yangi prezidentni sayladi

Prezident sifatida Livan armiyasi bosh qo‘mondoni general Jozef Aun saylandi. Jozef Aun nomzodi AQSh va Saudiya Arabistoni tominidan qo‘llab-quvvatlandi, chunki ushbu davlatlar uni mintaqada Eron ta’siriga qarshi muvozanatni ushlab turuvchi shaxs sifatida ko‘rishmoqda.

Aun mamlakatda katta obro‘ga ega, chunki u armiyani inqirozli davrlarda muvaffaqiyatli boshqargan va konfessiyalararo mojarolar paytida betaraflikni saqlashni uddalay olgan.

Livandagi yirik siyosiy kuch hisoblanuvchi “Hizbulloh” esa eronparast kuchlar bilan aloqador bo‘lgan xristian o‘ng markazchi “Marada” partiyasi yetakchisi Sulaymon Franje nomzodini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, yangi saylangan prezident Livandagi turli siyosiy va diniy guruhlarni birlashtiruvchi shaxsga aylanishi mumkin. Livanda prezident lavozimi 2022 yil oktyabr oxiridan beri bo‘sh edi.

Kiritildi: 19:12 09.01.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!