Livan harbiylari Isroil hujumlariga uchragan Livanni noqonuniy ravishda tark etishga urinib, dengizga chiqib qayiqlari cho‘kib ketgan 98 nafar suriyalik va bir livanlik 99 kishini qutqardi.
Livan armiyasi o‘z bayonotida Livan shimolidan Kipr oroliga ikki qayiqda noqonuniy yo‘llar bilan o‘tishga uringan odamlarning topilganini ma’lum qildi.
Isroil-Livan chegarasida Isroil armiyasi va Hizbulloh o‘rtasida nazorat ostidagi to‘qnashuvlar 2023 yil 8-oktabrdan beri davom etmoqda.
2024 yil 23 sentyabrda Isroil havo kuchlari Livan janubidagi shaharlar, shuningdek, Bekaa vodiysi va Baalbek shahriga yuzlab zarbalar berdi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 8-oktabrdan beri jami 2229 kishi, jumladan, 104 nafar bola va 194 nafar ayol vafot etgan. Mamlakatda yana 10 380 kishi jarohatlangan.
Isroil armiyasining 27 sentyabr kuni Bayrutga bergan zarbasi natijasida «Hizbulloh» harakati bosh kotibi Hasan Nastralla halok bo‘ldi.