Qayta tiklanadigan manbalar 2030 yilga kelib Litvada elektr energiyasi ishlab chiqarishning yagona manbaiga aylanishi kerak.
Bu siyosat respublikaning energetik mustaqilligi bo‘yicha milliy strategiyada o‘z ifodasini topgan.
“Maqsad - Litvaning energetika sektori 100% iqlim neytral bo‘lishini ta’minlash. 2030 yilga kelib Litvada ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan barcha elektr energiyasi qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarilishi kerak”, — deyiladi hujjatda.
Hujjat Seym (parlament) yalpi majlisida qabul qilindi. 74 nafar deputat uni qo‘llab-quvvatladi, 26 nafari betaraf, 7 nafari qarshi chiqdi.
Energetika vaziri Daynius Kreyvis avvalroq Litvaning 2050 yilgacha bo‘lgan energetika mustaqilligi strategiyasida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 150 milliard yevro kerak bo‘lishini ta’kidlagan edi.