Bu haqda Freeman's-Hindman auksion uyi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, u bu qo‘lqoplarni 1865 yil 14 aprelda Ford teatriga kiygan va u yerda hayotiga suiqasd qilingan. Linkolnning o‘limidan so‘ng, uning jasadi otopsi uchun Oq uyga olib borildi va paltosi cho‘ntagidagi qo‘lqoplar uning oilasiga topshirildi.
Auksion uyi Linkoln Xeritedj auksioni doirasida AQShning 16-prezidentiga tegishli qimmatbaho buyumlarni sotmoqda. To‘plamda qo‘lqoplardan tashqari boshqa shaxsiy buyumlar ham mavjud: manjet tugmalari va tarixiy qo‘lyozmalar.