Lego kompaniyasi o‘z tarixidagi eng katta konstruktor to‘plamini taqdim etdi. Yangi rekordchi Barselonadagi mashhur Sagrada Familiya soborining maketi bo‘ldi. Konstruktor to‘plami 12 060 qismdan iborat, deb xabar beradi BILD.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yangi to‘plam qismlar soni bo‘yicha 2021 yilda chiqarilgan Lego Art World Map to‘plamidan oshib ketdi. Farq 365 qismni tashkil etadi.
Yig‘ilgan modelning balandligi 62 santimetrga, kengligi esa 47 santimetrga etadi. Konstruktor haqiqiy sobor qurilishi bosqichlarini - kript va Rojdestvo fasadidan tortib minoralar va asosiy fasadgacha tasvirlaydi.
Ixtisoslashtirilgan Stonewars nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, to‘plamni to‘liq yig‘ish uchun 25-35 soat vaqt ketishi mumkin.
Yangi mahsulotga oldindan buyurtmalar Lego kompaniyasining onlayn-do‘konida boshlangan. Yetkazib berish 2026 yil 1 noyabrda boshlanadi. To‘plam narxi 749 yevro.