Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Latviya Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalar doirasida 147 shaxsning aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Latviya Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalar doirasida 147 shaxsning aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Latviya Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan 147 shaxsning aktivlarini muzlatib qo‘ydi.

Bu haqda Moliyaviy razvedka xizmati rahbari o‘rinbosari Paulis Ilyenkovs ma’lum qildi.

"Rossiya va Belarusga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni amalga oshirish doirasida hozirda Latviyada 147 ta sanksiya qo‘llanilgan shaxsning aktivlari muzlatib qo‘yildi, shu jumladan, 102 ta ko‘chmas mulk ob’ekti va 80 ta transport vositasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita Latviyada sanksiyalar qo‘llanilgan shaxslarga tegishli" - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bank hisob raqamlaridagi muzlatilgan mablag‘lar miqdori 53,3 million yevroni tashkil etadi, aktivlarning umumiy qiymati esa qimmatli qog‘ozlar bilan birga 80 million yevrodan oshadi.

Kiritildi: 18:21 01.11.2024. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!