Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

«Lagerlarda ayollar shafqatsiz tarzda zo‘rlanyapti»

«Lagerlarda ayollar shafqatsiz tarzda zo‘rlanyapti»

Sharqiy Turkistondagi Dabancheng lageridagi ishlagan qozoq millatiga mansub kishi tomonidan yozilgan maktubda uyg‘urlarning zo‘ravonlik va zo‘rliklarga uchrayotgani aytilgan. Bu haqda Yevronyus xabar bermoqda.

Torchlight Uyghur Group nomli guruh tomonidan xitoychadan o‘girilgan maktubda Berik laqabli xavfsizlik xizmati xodimining boshidan o‘tkazganlari hikoya qilingan. U avvallari videotasvirchi bo‘lib ishlaganini, lagerda videokuzatuv punktida ishlaganini va u yerga ishga kirganidan pushaymon bo‘lganini aytgan. Berikning so‘zlariga ko‘ra, lager xodimlari u yerda saqlanayotgan uyg‘ur ayollarini jinsiy zo‘rlash bilan shug‘ullanib keladi.

Berik ishdan bo‘shab, Xitoydan qochib ketgan. Torchlight Uyghur Group vakili Erkin Ozodning aytishicha, Berik ayni payt xavfsiz joyda, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga ma’lumot berishi kutilyapti.

Sharqiy Turkiston poytaxti Urumchining janubi-g‘arbida joylashgan Dabancheng lagerida o‘n minglab uyg‘ur saqlanatayotgani taxmin qilinadi.

Kiritildi: 15:53 19.05.2019. O'qildi: 10725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!