Shahar hukumati Ikkinchi Jahon urushidan qolgan 500 kg og‘irlikdagi Amerika bombasi portlatilib, zararsizlantirilganini ma’lum qildi. Rasmiylar bu 1945 yildan beri bomba yo‘q qilish bo‘yicha eng qiyin operasiya bo‘lganini ta’kidlashmoqda, chunki u topilgan joy yaqinida bir nechta tibbiy klinikalar mavjud.
Operasiyani amalga oshirish uchun 650 ga yaqin bemor bo‘lgan uchta kasalxonaning xavfsizligini ta’minlash kerak edi. Xavfsiz ko‘chirilishi mumkin bo‘lmagan ba’zi bemorlar shifoxonalardan biridagi “xavfsiz xona”ga ko‘chirildi, bu esa “operasiya rejalashtirilganidek o‘tmagan bo‘lsa ham” hech qanday xavf bo‘lmasligini kafolatladi.
Hududning 6400 nafar aholisidan 11 oktyabr kuni ertalabdan komendantlik soati e’lon qilingunga qadar uylarini tark etishlari so‘ralgan. Bombalarni zararsizlantirish amaliyotida 1300 ga yaqin ko‘ngilli turli sohalarda yordam ko‘rsatdi.