Bugun 15 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kurskni qaytarib olish uchun Rossiyaga qancha askar kerak?

Kurskni qaytarib olish uchun Rossiyaga qancha askar kerak?

Ukrainaning Rossiya harbiy qismlariga qarshi kuchli zarbasi va RF hududiga uch haftalik hujumi harbiy va siyosiy natija berayotgani e’tirof etilyapti. Rossiya samolyotlarini chegara yaqinidagi aerodromlardan olgani, Ukrainaga tashlanayotgan bomba soni kamaygani aytilgan. Hafta davomida Moskva qimmat turar-joylarini himoya qilish chorasini ko‘rayotgani haqidagi dalillar ham ommaga sizdirildi.

Mustaqil tahlilchilar fikriga ko‘ra, iyun oyi ikkinchi yarmidan iyul o‘rtalarigacha Rossiya kuchlari samolyot va vertolyotlarini ham chegaradan uzoqlashtirgan. Ukraina telekanallarida Kursk hujumi mamlakat shimoli-sharqiga aviasiya yurishi ancha kamaygani gapirilmoqda. Masalan, Sumi viloyatiga avval 30-50 tagacha “Zenit” raketasi otilgan bo‘lsa, so‘nggi kunlarda bu ko‘rsatkich 3-4 taga tushgan.

Moskva Ukrainadan qancha askarini olib ketgani to‘g‘risida turlicha taxmin bor. Bosh qo‘mondon Aleksandr Sirskiy ushbu raqamni 30 mingtagacha ekanini faraz qildi. Vashingtonda joylashgan Urushni o‘rganish markazi Kurskdagi boy berilgan hududni qaytarib olish uchun RFga 60 ming askar zarurligini aytdi.

Kiyev AQShning uzoqqa uchadigan quroli bilan zarba berish cheklovini olib tashlash bo‘yicha muzokara ustida ishlamoqda. Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Britaniya va Fransiya tomonidan taqdim etilgan “Storm Shadow” yoki AQShning “ATACMS” kabi uzoq masofaga uchadigan raketalar Kiyev rejimini terror tashkilotiga aylantirishini bildirdi. Uch hafta ichida Ukraina 1294 kvadrat kilometr maydonni bosib olgan, 100 aholi manzilini o‘z nazoratiga olgan.

Ukraina o‘z oldiga 2024 yil 1 million qisqa masofali, 10 ming o‘rta masofaga mo‘ljallangan va 1000 dan ortiq 1000 kilometrga ucha oladigan dron yaratish vazifasini qo‘ygan edi. Seshanba kuni Zelenskiy mamlakat o‘zining birinchi ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 09:23 31.08.2024. O'qildi: 2204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!