Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kursdoshini himoya qilmoqchi bo‘lgan o‘smir jinoyat sodir etdi. U endi qamaladimi?

Kursdoshini himoya qilmoqchi bo‘lgan o‘smir jinoyat sodir etdi. U endi qamaladimi?

2021 yilning 23 fevral kuni soat 19:30 larda voyaga yetmagan 17 yoshli Asrorbek X. Namangan shahri «Obi Hayot» MFYda joylashgan “Kichkintoylar bog‘i” oldidan o‘tib ketayotgan vaqtida, u yerda kursdoshi voyaga yetmagan 17 yoshli Jasurbek T.ni tanishi 19 yoshli Anvar N. qo‘li bilan urganligini ko‘rib, “sen nega meni liseydoshimni urding” deb Anvar N.ni yuziga mushti bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.  

Natijada Anvar N. zarb kuchidan boshi bilan yerga yiqilib hushidan ketgan va bosh miya og‘ir darajadagi lat yeyishi, qon quyilishi, ensa suyagi, burun suyagi sinishi kabi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.   

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Asrorbek X. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1- qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Kiritildi: 11:22 26.02.2021. O'qildi: 2220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!